Shavkat Mirziyoyev Buxoroda Qasim-Jomart Toqayevni kutib oldi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni kutib oldi. Yetakchilar ikki tomonlama muzokara o‘tkazadilar. Shuningdek, Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.

