Futbol: O‘zbekiston FIFA Series’ning birinchi bosqichida Gabonni mag‘lub etdi (+video)
O‘zbekiston futbolchilari FIFA Series turnirini Gabon ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi. Jamoa 6-daqiqada gol o‘tkazib yubordi, ammo o‘yinni o‘zgartirib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Eldor Shomurodov (MTJda 44-gol), Jahongir O‘rozov va Alisher Odilov mualliflik qildi.





