Yangi Toshkentda Ipak yo‘li davlatlariga bag‘ishlangan mahallalardan iborat majmua barpo etiladi
Yangi Toshkentda 32 gektar maydonda turar joy, savdo, madaniyat va ta’lim obyektlarini o‘z ichiga olgan “Buyuk ipak yo‘li” majmuasini yaratish reja qilinmoqda. Majmuaning har bir mahallasi Ipak yo‘lidagi muayyan bir davlatni ifodalaydi.
