1-apreldan O‘zbekistonda uy-joy va avtomobil savdolari eskrou hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi
1-apreldan O‘zbekistonda uy-joy va avtomobil xarid qilishda hisob-kitoblar tartibi o‘zgaradi. Prezident farmoniga ko‘ra, bunday bitimlar naqdsiz shaklga o‘tkaziladi. Mablag‘lar eskrou hisobvaraqlarida saqlanib, bitim notarial tartibda rasmiylashtirilgandan keyingina sotuvchiga o‘tkaziladi.




