Xitoy yashirin eshik tutqichlari mavjud avtomobillar ishlab chiqarishni taqiqladi
Xitoy yashirin eshik tutqichli avtomobillar ishlab chiqarishni taqiqlab, bunday tuzilmadan voz kechgan birinchi davlatga aylandi. Qaror qator o‘lim bilan tugagan YTHlardan so‘ng qabul qilindi - bunday mexanizmli mashinalarda yo‘lovchilar avtomobildan chiqib keta olmagan. Yangi standartlar 2027-yildan kuchga kiradi.





