Janubiy Koreya sobiq bosh vaziri isyonga sheriklikda ayblanib, 23 yilga qamaldi
Seul sudi Janubiy Koreya sobiq bosh vaziri Xan Dok Suni 2024-yilda harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq isyon ishi bo‘yicha 23 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U isyon tashkilotchisi - sobiq prezident Yun Sok Yolga ko‘maklashish va yolg‘on guvohlik berishda aybdor deb topildi.





