O‘zbekiston va OIIB 500 mln dollarlik Yashil va barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tish dasturini imzoladi
O‘zbekiston Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan yashil o‘sish dasturi uchun $500 mln oladi. U hukumatga yanada samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga yordam berishi, kam emissiyali rivojlanishga o‘tishni qo‘llab-quvvatlashi va iqlimiy tahdidlarga chidamlilikni oshirishi kutilmoqda.






