Farg‘ona shahri jamoat transporti uchun Xitoydan 24 ta avtobus olib kelindi
Farg‘onaga Xitoydan 24 ta Zhongtong rusumli avtobuslar keltirildi. Ular Farg‘ona shahri avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Yil yakuniga qadar tashuvchi korxonalar tomonidan qo‘shimcha 36 dona avtobus sotib olib kelinishi rejalashtirilgan.






