Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga Registonning kichik nusxasi va uning kitobi tarjimasini sovg‘a qildi
O‘zbekiston prezidenti Vashingtonga tashrifida AQSh prezidenti Donald Trampga ikkita sovg‘a berdi. Ulardan biri Registon majmuasining kichik tilla rangli nusxasi, ikkinchisi esa Trampning “The Art of the Deal” kitobining o‘zbek tilidagi tarjimasi.




