O‘zbekistonda 9 oyda asosiy kapitalga investitsiyalar 15,2% oshdi
O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-sentabrida asosiy kapitalga 443,6 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi - o‘tgan yil shu davridan 15,2% ko‘p. O‘sish sur’ati birinchi yarimyillikdagidan uch karra yuqori bo‘lgan bo‘lsa-da, ko‘rsatkich deyarli 39% oshgan o‘tgan yildagidan sezilarli darajada past.





