Toshkentda BAAning DP World kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro logistika terminali quriladi
“Toshkent Invest” va Dubayning DP World kompaniyalari poytaxtda zamonaviy multimodal logistika terminalini rivojlantirish va boshqarish uchun qo‘shma korxona tashkil etdi. 80 gektardan ortiq majmuaga temiryo‘l quruq porti, bojxona rasmiylashtiruvi zonalari, omborlar va kross-doking majmualari kiradi.