Surxondaryoda Labo va Cobalt to‘qnashdi, 6 kishi shifoxonaga yotqizildi
Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida salonida paxta terimidan qaytayotgan ayollar bo‘lgan Labo qarshi yo‘nalishdagi Cobalt bilan to‘qnashdi. Haydovchi va 5 nafar ayol kasalxonaga yotqizildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.








