“Tashabbusli budjet”ning 2025-yil 2-mavsum g‘oliblari aniqlandi
“Tashabbusli budjet”ning 2025-yil 2-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 3,2 trln so‘mlik 2332 ta loyiha g‘olib deb topildi. Tashabbuslari eng ko‘p g‘olib bo‘lgan hududlar uchligiga Farg‘ona, Toshkent va Samarqand viloyatlari kirdi.