Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining pardozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi
Shavkat Mirziyoyev qurilishi yakuniy bosqichga kirgan Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib, uning pardozlash va jihozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Sakkiz yil davomida qurilgan majmuada “zamonaviy tahdidlarga munosib ilmiy javoblar” topiladi, ilmiy-ma’rifiy tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.





