Raqobat qo‘mitasi 4,3 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarlik holatlarini aniqladi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan 4,3 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi. Respublika miqyosida 9 ta buyurtmachi, xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, Navoiy shahar Obodonlashtirish boshqarmasi, “O‘zbekko‘mir” AJ tenderlarida qonunbuzarliklar aniqlandi.


















