Farg‘onada 6 yoshli bola mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
Buvayda tumanida “Gaz-3110” avtomobili haydovchisi yo‘liga velosipedda chiqqan 6 yoshli bolani urib yubordi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi.
Buvayda tumanida “Gaz-3110” avtomobili haydovchisi yo‘liga velosipedda chiqqan 6 yoshli bolani urib yubordi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yo‘lovchilar va xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari ma’lumotlar bazasidan sizib ketgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi. “Barcha infratuzilma odatdagi tartibda ishlamoqda”, - deyiladi aviakompaniya bayonotida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Ozarbayjon - Turkmaniston - O‘zbekiston” uch tomonlama sammitida ishtirok etish uchun 22-avgust kuni Turkmanboshiga tashrif buyuradi.
Uzcard xususiy to‘lov tizimi 2025-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra 621,6 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi. Daromad deyarli 1 trln so‘mga yetdi. 2022-yil oktabrida Uzcard’ning 75% ulushi 210,1 mlrd so‘mga sotilgan edi.
O‘zbekiston va Xitoyning Xinjiang Huijia Biotechnology kompaniyasi agrobiznes va biotexnologiya, jumladan, sog‘lom oziq-ovqat bozorida tabiiy shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ommabop xomashyo - steviya yetishtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qildi.
DXX Surxondaryoda qarzdor fermerdan uni elektr tarmog‘iga qayta ulab berish evaziga pul talab qilgan “Energosavdo” filiali xodimini qo‘lga oldi. Farg‘onada O‘zbekiston tumani Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi MIB ijro hujjatini tanishlari orqali yo‘q qilib berish evaziga fuqarodan pora olganda ushlandi.
TBC Bank Group OLX Uzbekistan aksiyalari nazorat paketini sotib olganini e’lon qildi. O‘zbekistondagi eng yirik onlayn e’lonlar platformasini sotib olish uchun Titan Investments xalqaro kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etildi.
Prezidentga sud-huquq tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari taqdim etildi. Fuqarolik va iqtisodiy sudlardagi nizosiz ishlarni ma’muriy sudlarga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Ishlarni eksterritorial tarzda ko‘rib chiqish joriy etiladi va sudyalar vakolat muddati qayta ko‘rib chiqiladi.
Deputatlar atom energetikasi sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini takomillashtirishga doir o‘zgartirishlarni birinchi o‘qishda ma’qulladi. Energovazirlik o‘rniga Atom energiyasi agentligi soha regulyatoriga aylanishi mumkin.
Sud ishlarini ko‘rishdagi rahm-shafqati va empatiyasi bilan tanilgan amerikalik sudya Frenk Kaprio 88 yoshida oshqozon osti bezi saratonidan vafot etdi. U 40 yillik faoliyati davomida asosan kichik huquqbuzarliklarni sud qilgan va sudlanuvchilarga ko‘rsatgan iliq muomalasi bilan ommaga tanilgan.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida kelishilgan aviaqatnovlar sonini haftasiga 130 tagacha oshirish masalasi ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralarda muhokama qilindi. Shuningdek, Xitoyga parvoz qilish huquqiga ega O‘zbekiston aviatashuvchilari sonini 8 ta yetkazish rejalashtirilmoqda.
MB banklarga axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik bo‘yicha minimal talablarni tasdiqladi. Banklar risklarni boshqarish tizimini joriy etishlari va jiddiy hodisalar haqida darhol regulyatorga xabar berishlari shart.
Ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh taxallusi bilan tanilgan tiktoker Yugay Valeriy 3 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. U O‘zbekiston prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish hamda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish jinoyatlarini sodir etganlikda ayblandi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Andijondagi universitetlardan birining reklama roligida suratga tushdi. Raqobat qo‘mitasi Gazeta’ga vaziyatni reklama qonunchiligi doirasida o‘rganayotganini ma’lum qildi.
Yangi Toshkentda 13 ta tijoriy lotlar bo‘yicha 554 mln dollarlik investitsiya shartnomalari tuzilgan. Hozirda ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi, tozalash inshooti qurilmoqda, quvurlar Chirchiq daryosi tagidan o‘tkazilmoqda.
Buyuk Britaniya Qirg‘izistondagi “Kapital Bank” va uning direktori Kantemir Chalbayevga qarshi sanksiya kiritdi. Rossiya bu bankdan harbiy tovarlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda foydalangani aytilmoqda.
21-avgust kuni E-auksion platformasida Navoiy viloyatidagi oltinga boy “Pirali” uchastkasini geologik jihatdan o‘rganish huquqi bo‘yicha savdolar bo‘lib o‘tdi. G‘olib NBK 111 kompaniyasi bo‘ldi, u 99,09 mlrd so‘m (7,9 mln dollar) taklif qildi, bu boshlang‘ich narxdan 24 barobar ko‘pdir.
“Iroda” loyihasining navbatdagi qahramoni - qaror qabul qilishda insonlar turfa ekani hisobga olinishi kerak deb hisoblovchi - Muhabbat Rahimova. Biz u bilan “Sharoit Plyus"ning loyihalari, bandlik muammosi va nogironligi bor shaxslarni zo‘ravonlikka uchrashi haqida suhbatlashdik.
Так, внедряется концепция адресной работы в махаллях, включенных в «красную» категорию, утверждены типовые требования, предъявляемые к проектам «образцовая безопасная улица» и «образцовый безопасный дом».
ITIM e’lon qilgan lingvistik tahlilga ko‘ra, Yangi Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot vaqtidagi nutqida Shavkat Mirziyoyev 4241 ta so‘z ishlatdi. Eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar “tadbirkor”, “biznes”, “korxona”, “soliq”, “investitsiya”, “loyiha”, “kredit”, “tizim”, “sharoit” va boshqalar bo‘ldi.
Результаты анализа показывают, что в своей речи Президент Узбекистана не только очертил приоритеты экономической политики, но и выстроил позитивный дискурс развития страны, где предприниматель рассматривается как ключевой партнёр государства.
Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida mahalliy hokimiyat Alisher Navoiy haykalini butunlay vayron qildi. “Tolibon” buzilish hukumat bilan kelishilmaganini aytib, taassuf bildirdi va yangi yodgorlik va’da qildi.
Daniya pochta xizmati raqamlashtirish kuchaygani sababli 2025-yil oxirigacha qog‘oz xatlar yetkazib berishni to‘xtatadi va posilkalarga e’tibor qaratadi. Kompaniya 400 yildan ortiq vaqt davomida xat eltgan, ammo hozirda daniyaliklar ularni deyarli jo‘natmaydi.
Alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (UzBev) ijrochi direktori Alfiya Musina O‘zbekiston prezidentini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatishni taklif etdi.
Dilshod Axatov O‘zbekistonning Lixtenshteyn knyazligidagi birinchi elchisi bo‘ldi. U bir vaqtda Germaniya, Shveysariya va Chexiyada ham elchi hisoblanadi.
Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida Alisher Navoiy nomidagi yangi yodgorlik-majmua qurilishi boshlandi. Ishlar shahar hokimligi budjetidan bir oy muddatda amalga oshiriladigan bo‘ldi. Avvalroq Navoiyga atalgan yodgorlik buzib tashlangani e’tirozlarga sabab bo‘lgandi.
Hukumat qarori bilan kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestrini yuritish tartibi belgilandi. Ma’lumotlarni reyestrga kiritish yoki chiqarish bo‘yicha arizalarni YAIDXP, DXMlar yoki kredit byurolari orqali taqdim etish mumkin.
День осведомлённости о спинальной мышечной атрофии (СМА), учреждённый в Узбекистане в 2024 году, в Представительстве Российского центра науки и культуры в Республике Узбекистан (Россотрудничество) состоялось подписание пятистороннего меморандума о взаимном сотрудничестве, между компанией «Моторика», ведущим разработчиком и производителем функциональных протезов верхних и нижних конечностей, а также кресел-колясок, Представительством Россотрудничества в Узбекистане, Республиканским центром социальной адаптации […] Сообщение Делегация «Моторики» подписала пятисторонний меморандум в Узбекистане появились сначала на Новости Узбекистана сегодня: nuz.uz.
Bu yil O‘zbekiston Mustaqilligi bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan, deb xabar qildi Bandlik vazirligi. Besh kunlik ish haftasidagi xodimlar uch kun dam oladi - 30-avgustdan 1-sentabrgacha, olti kunlikdagilar ikki kun: 31-avgust va 1-sentabr.
Hindistonda pul tikib o‘ynaladigan onlayn o‘yinlarni taqiqlashga oid qonun loyihasi qabul qilindi. Hukumat bunday o‘yinlar psixologik va moliyaviy zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidlamoqda. O‘zgarish fonida qator kompaniyalarning aksiyalarida tushish kuzatildi.
Выступая на научно-практической конференции по региональной идентичности, состоявшейся 15 августа в рамках Центральноазиатского экспертного форума (ЦАЭФ) в Ташкенте, руководитель программы военных исследований Школы международных исследований им.
8-avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudida Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U Moskvaga ishlash maqsadida borib, qurilish ishlarida ishlagan.
Isroil mudofaa kuchlari G‘azo shahriga hujum boshladi va uning chekkalarini nazorat qilmoqda, deya bayonot berdi Isroil harbiylari.
Как отличить финансовую пирамиду от легального инвестирования. Представьте: вам предлагают вложить деньги под 30 или даже 50% в месяц. Уверяют, что риска здесь нет, а прибыль будет всегда. Но не спешите радоваться.