Toshkentda AQShga ishga yuborishni va’da qilib fuqarodan 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi
Toshkent shahri hamda Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarida fuqarolarni Yaponiya, AQSh va Janubiy Koreyaga yuborishni va’da qilib, ulardan pul talab qilgan shaxslar ushlandi. Xususan, bir holatda ishlash uchun AQShga yuborishi evaziga fuqarodan 22 000 dollar olingan.






