Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i Akmal Ahmedov ishdan olindi
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i Akmal Ahmedov turmush o‘rtog‘iga tegishli Malibu`ning 100 dan ortiq jarimalari bekor qilingani ortidan ishdan bo‘shatildi. YHXX barcha jarimalar davlat foydasiga to‘liq undirilganini va qo‘shimcha surishtiruv olib borilayotganini ma’lum qildi.
