O‘zbekiston gaz, elektr energiyasi va oltin eksportini keskin oshirdi
Yanvar-mayda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi oltin va energotovarlar eksportining ortishi hisobiga 15% o‘sib, $31,3 milliardga yetdi. Tekstil savdosi pasayishda davom etmoqda, Xitoyga eksport esa ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda.








