Uzbekistan Airways yangicha salonga ega ikkita A321neo samolyotini oladi
Uzbekistan Airways kelasi yili CALC lizing kompaniyasidan ikkita yangi A321neo samolyotini oladi. Samolyot Airbus’dan to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtma sifatida yetkazib beriladi. Mavjud samolyotlardan farqli o‘laroq, biznes-klassdagi yangi o‘rindiqlar Full Flat konfiguratsiyasiga ega bo‘ladi.





