O‘zbekistonda dollar kursi 2024-yil iyul oyi oxiridan beri eng past darajaga tushdi
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 12 559 so‘mga tushdi - bu o‘tgan yilning iyul oyi oxiridan beri eng past ko‘rsatkichdir. Hafta boshidan beri AQSh valyutasi deyarli 1,6 foizga, yil boshidan beri esa 2,8 foizga arzonlashdi.



