O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo — Xitoy” sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga boradi
O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo - Xitoy” formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etish uchun 17-iyun kuni Ostonaga tashrif buyuradi. Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi bilan ham uchrashadi.










