Shavkat Mirziyoyev Saudiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston muftiysi bilan gaplashdi (video)
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyorati uchun Makkada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga boshchilik qilayotgan Musulmonlar idorasi raisi shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali gaplashdi. Hojilarimiz O‘zbekistonga qaytgach, tinchlik va ma’naviyatimiz targ‘ibotchilari bo‘ladi degan umiddaman, dedi prezident.

