Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi
O‘zbekiston prezidenti Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda kengaytirish va mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdi.






