Toshkent viloyatida qalbaki dori vositalari ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi
Toshkent yaqinidagi ijaraga olingan uyda qalbaki dori-darmonlar ishlab chiqaradigan yashirin sex aniqlandi. Sex egalaridan 10 mlrd so‘mlik preparatlar, xomashyo va asbob-uskunalar olib qo‘yilgan. Kontrafakt Toshkent va Buxoro viloyatidagi dorixonalarda tarqatilgan.








