Qozog‘iston yashash guvohnomasini olish imkoniyati bor “oltin viza”ni joriy qilmoqda
Qozog‘iston rasmiylari investor vizasini olishning yangi qoidalarini kiritmoqda. Vizaga Qozog‘iston kompaniyalari ustav kapitaliga yoki mahalliy emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarga kamida 300 ming dollar sarmoya kiritganlar ariza topshira oladi.




