Shavkat Mirziyoyev INNOPROM sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston prezidenti “INNOPROM. Markaziy Osiyo” beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov, Tatariston raisi Rustam Minnixanov va “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev bilan uchrashdi.







