“Farg‘ona vodiysi „porox bochkasi“ emas, balki tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va bunyodkorlik makoniga aylandi” — Sherzod Asadov
Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov Farg‘ona vodiysi, bir vaqtlar geosiyosatchilar aytganidek, “porox bochkasi”ga emas, balki imkoniyatlar, farovonlik, tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va bunyodkorlik makoniga aylanganini qayd etdi. “Eski bashoratlarni unutish vaqti keldi”, - deya yozdi u.







