Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi sammit oldidan Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Ular savdo, sanoat, energetika va infratuzilma sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdi.











