Toshkent viloyatidagi yangi ko‘p qavatli uyda gaz portladi
Yangiyo‘l tumanidagi 5 qavatli uylarning birida gaz portladi. Oqibatda ikki kishi 60 foiz kuyish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi, 3 ta qavatdagi xonadonlarning oynalari sindi. Tuman hokimligiga ko‘ra, uy to‘liq bitkazilib topshirilmagani sababli bu yerda boshqa fuqarolar yashamaydi.












