Qoraqalpog‘istonda zapravka qariyb 3 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagani aniqlandi
Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida gaz shoxobchasi o‘lchov qurilmalariga tashqi ta’sir o‘tkazib, 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani aniqlandi. Zapravka mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.









