Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Navro‘z tabriklari almashdi va bo‘lajak sammitlarni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti hamkasblari - Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Yetakchilar bir-birini Navro‘z bayrami bilan tabriklab, bo‘lajak sammitlar - Xo‘janddagi uch tomonlama uchrashuv va C5+1 formatiga tayyorgarlik ishlarini muhokama qildi.









