Farg‘ona derbisi, Superkubokdan avvalgi Superkubok, “Paxtakor"ni qabul qiladigan Qosimov. Superliga 2-tur anonsi
14-mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turi boshlanadi. Turni “Neftchi” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi Farg‘ona viloyat derbisi ochib beradi. 2-turning so‘nggi o‘yini yakshanba kuni Olmaliqda - OKMK va “Paxtakor” o‘rtasida o‘tadi. U turning eng markaziy o‘yini deya e’tirof etilyapti.










