Toshkent viloyatida ko‘prikning bir qismi o‘pirilib tushdi
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi ko‘prikning bir qismi o‘pirildi. Tuman hokimligiga ko‘ra, 50 yil avval qurilgan ko‘prik ta’mirtalab xolatga kelib qolgan. Haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanish tavsiya etildi.