Farg‘onada fuqaro Qizil kitobga kiritilgan qushni noqonuniy saqlab kelgani aniqlandi
Farg‘ona viloyatida fuqaro Qizil kitobga kiritilgan sahro lochinini noqonuniy saqlab, uni sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Unga qushni tabiatdan noqonuniy ajratib olganlik uchun 562 mln 500 ming so‘m jarima qo‘llanishi mumkin.
