O‘zbekiston prezidenti va Kuvayt amiri tor doirada va rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt amiri Shayx Mish’al as-Saboh Al-Kuvayt shahrida muzokara o‘tkazdi. Ikki davlat savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va “yashil” energetika sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.




















