“Mahalla yettiligi” tizimida 51 ming nafar xodim faoliyat yuritmoqda — Qahramon Quronboyev
Hozir O‘zbekistonda jami 9452 ta mahalla mavjud. Qahramon Quronboyevga ko‘ra, aholini boshqarish uchun yaratilgan “mahalla yettiligi” tizimi dunyoning birorta davlatida yo‘q. “Bugungi kunda 51 137 nafar xodim yettilikda faoliyat yurityapti”, - dedi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi.
























