Toshkent viloyatidagi bojxona postida 3 metrlik ilonni noqonuniy ravishda olib kirishga urinish aniqlandi
Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida xalqaro Qizil kitobga kiritilgan yo‘lbarssimon albinos bo‘g‘ma ilonini mamlakatga olib kirishga urinish fosh etildi. Uzunligi 3 metr bo‘lgan ilon Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.






