Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi talablariga rioya qilishni so‘rab telekanallarga xat yubordi
Raqobat qo‘mitasi so‘nggi vaqtlarda OAVda reklama tarqatishda “qonunchilik talablari buzilishi” fonida barcha davlat va nodavlat telekanallariga ko‘rsatma xati yubordi. Qo‘mita ulardan bir oy ichida reklama faoliyatini qonunchilikka muvofiqlashtirishni so‘rab, aks holda moliyaviy sanksiyalar qo‘llashdan ogohlantirdi.
























