“Parlament diplomatiyasi mojarolarning oldini olishda muhim rol o‘ynashi lozim” — Senat raisi
Senat raisi Tanzila Narbayeva Jenevadagi Parlamentlararo ittifoq assambleyasida so‘zlagan nutqida parlamentariylar diplomatiya orqali tinchlik va global barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shishi, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari huquqlarini faol himoya qilishi zarurligini ta’kidladi.
















