Nodirbek Abdusattorov Pragada g‘alaba qozonib, dunyoning to‘rtinchi shaxmatchisiga aylandi. Endi uni nima kutmoqda?
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Pragadagi superturnirda muddatidan avval g‘olib chiqdi va onlayn reytingda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari orasida 4-o‘rinni egalladi. Shaxmat murabbiyi Georgiy Shvanov ushbu muvaffaqiyat va u ochayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.



