Toshkent viloyatining So‘qoq qishlog‘iga sel keldi. Talafot ko‘rilmagani aytilmoqda
Shanba kuni kuzatilgan kuchli yomg‘ir sababli Parkent tumanining So‘qoq qishlog‘iga sel keldi. Suv hududdagi avtomobil yo‘lining qatnov qismiga toshib chiqdi. Toshkent viloyati hokimligi hodisa oqibatida hech qanday talafot aniqlanmaganini bildirdi. gazeta.uz »
