Qamashida haydovchi itni Damas ortiga bog‘lab sudradi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Damas avtomobili ortiga itni bog‘lab sudrab ketayotgan haydovchi aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB munosabat bildirib, haydovchiga nisbatan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. gazeta.uz »