Seshanbadan havo isib, harorat +40…+43 darajagacha yetishi kutilmoqda
O‘zbekistonda seshanbadan to ish haftasining oxirigacha harorat ko‘tarilib, kunduzi +35…+40, janubda va cho‘l hududlarda +43 darajagacha isishi mumkin. Ushbu kunlarda faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli momaqaldiroq va yomg‘ir bo‘lishi, sel-suv toshqini yuzaga kelishi kutilmoqda. gazeta.uz »

