Результатов: 48

Dubai Unlocked surishtiruvi: O‘zbekiston sobiq bosh prokurori o‘g‘lining Dubayda 8 mln dollarlik ko‘chmas mulki bor

Xalqaro jurnalistlar Dubaydagi mulk egalari haqida ma’lumot beruvchi Dubai Unlocked surishtiruvini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovning o‘g‘li - qidiruvga berilgan Alisherbek Qodirovning umumiy qiymati deyarli 8 mln dollar bo‘lgan 4 ta ofisga egalik qilishi aytilgan. gazeta.uz »

2024-5-16 14:42

Suez bosh direktori — Toshkent suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va O‘zbekistondagi loyihalar haqida

Fransiyaning Suez kompaniyasi yetti yilda Toshkent suv ta’minoti tizimidagi 30 mingga yaqin suv sizib chiqishini bartaraf etishni rejalashtirmoqda, dedi kompaniya bosh direktori Pol Burdiyon. Kompaniya oqova suvlarni qayta ishlash va sanoat, qishloq xo‘jaligi, bog‘ va parklarni sug‘orishda foydalanishni taklif etmoqda. gazeta.uz »

2024-5-9 02:27

Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev va qidiruvdagi tadbirkor o‘rtasidagi suhbat videosiga izoh berdi

Internetda Turkiyada bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va qidiruvda bo‘lgan tadbirkor Sherali Sobirjanov o‘rtasidagi suhbat videosi tarqaldi. BP video yanvar oyida bosh prokuror o‘z mablag‘i hisobidan davolanayotgan turk klinikasida yozib olingani va amaldor bu tadbirkor bilan tanish bo‘lmaganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-4-26 13:02

O‘zbekiston YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Prezident Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Tashkiliy qo‘mitaga bosh vazir boshchilik qiladi. O‘zbekistonni xorijda tanitish uchun turli tadbirlar uyushtiriladi, esdalik sovg‘alari chop etiladi va targ‘ibot ishlari olib boriladi. gazeta.uz »

2024-3-17 08:05

Bekobodda bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i va bosh hisobchisi 950 mln so‘m pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i va bosh hisobchisi tadbirkorlar bilan kelishib, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish evaziga 950 mln so‘m pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »

2024-2-26 15:10

Ekopartiya hukumat va bosh prokurorga “Toshkent IES”ning atmosferaga chiqarayotgan tashlanmalari yuzasidan deputat so‘rovi yubordi

Prokuratura vakillari, deputatlar va ekologlardan iborat ishchi guruh “Toshkent IES”ga borib, stansiya quvurlariga filtrlar o‘rnatish va boshqalarni tavsiya qildi. Ekopartiya Energetika vazirligini bu choralarni ko‘rishga chaqirib, hukumat va Bosh prokuraturaga stansiya tashlanmalari bo‘yicha deputat so‘rovi yubordi. gazeta.uz »

2024-2-23 14:37

Диёр Имомхўжаев 4 йилга ПФЛ бош директори бўлди

2020 йилдан бери Профессионал футбол лигаси бош директори вазифасини бажарувчи бўлиб ишлаб келаётган Диёр Имомхўжаев 4 йил муддатга ташкилотга бош директор этиб сайланди. gazeta.uz »

2022-3-31 14:05