Результатов: 74

Prezident O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbarini qabul qildi

Prezident va BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Toshkentda yoshlarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar, shuningdek, yosh mutaxassislarning tashkilot institutlarida stajirovka o‘tashini tashkil etish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2024-5-15 18:22

Jahon banki O‘zbekistonga “Raqamli inklyuzivlik” loyihasi uchun 50 mln dollar ajratadi

IMV va Jahon banki o‘rtasida “Raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratish to‘g‘risida bitim imzolandi. Jahon bankining krediti mamlakat qishloqlaridagi minglab yoshlarning IT ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2024-4-20 17:20

Kiyevda urushdan zarar ko‘rgan Ukraina korxonalarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi

Kiyev shahrida O‘zbekiston tomonidan tadbirkor Zafar Hoshimov raisligida O‘zbekiston-Ukraina biznes kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat ishbilarmon doiralarining o‘zaro hamkorligi, urushdan jabr ko‘rgan Ukraina korxonalarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. gazeta.uz »

2024-4-17 21:08

“Belarus azaldan O‘zbekistonga nisbatan birodarlik kayfiyatida bo‘lgan. Doim shunday bo‘lib qoladi” — Lukashenko

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Minskda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Belarus rahbari tovar ayirboshlash hajmini oshirish va qo‘shma korxonalar tashkil etish, xususan, BelAZ bilan kelishuvlarni bajarishga tayyorligini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-4-12 07:13

Mirziyoyev Putin bilan hamkorlik masalalarini gaplashib, uni O‘zbekistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Qozonda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. U Putinning bo‘lajak saylovlarda g‘alaba qozonishiga ishonchi komil ekanini ta’kidlab, O‘zbekistonga taklif qildi. Tomonlar sportni rivojlantirish, qo‘shma fond yaratish, Transafg‘on temiryo‘li loyihasi va boshqa masalalarni muhokama qildi. gazeta.uz »

2024-2-22 22:38

Шавкат Мирзиёев Си Цзиньпинни Ўзбекистонга келишга таклиф этди

Ўзбекистон президенти ХХР раиси Си Цзиньпин билан музокаралар ўтказди. Унда Тошкентда Синхуа ва Пекин университетлари филиалларини очиш таклифи билдирилди. Музокаралар якунида Шавкат Мирзиёев Си Цзиньпинни Ўзбекистонга келишга таклиф этди. gazeta.uz »

2023-10-17 16:15