Результатов: 44

“O‘zatom” agentligi qayta tashkil etilib, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘tkazilmoqda

Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida Atom energiyasi agentligi tashkil etilmoqda, u Energetika vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tadi. Agentlik kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish, xo‘jalik jamiyatlari tashkil etish, iqtisodiyotdagi loyihalarni moliyalashtirish huquqini oladi. gazeta.uz »

2024-5-25 16:58

Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha litsenziyalanadigan faoliyat turi joriy etiladi

Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha litsenziyalanadigan faoliyat turi joriy etilmoqda. Litsenziyani olish uchun BHMning 10 baravarida boj belgilanmoqda. Shuningdek, endilikda Umra tadbirlarini litsenziyasiz amalga oshirish yoki litsenziyani qalbakilashtirish BHMning 200 baravarida jarimaga sabab bo‘ladi. gazeta.uz »

2024-5-18 14:31

Buxoroda mansabdor shaxslar bolalarni tashishni tashkil etish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan — Bosh prokuratura

Buxoro viloyatida mansabdor shaxslar bolalarni avtobusda tashish va hamrohlik qilishni tashkil etish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan, deb xabar qildi Bosh prokuratura. Holat yuzasidan “Mansabga sovuqqonlik bilan qarash” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. YTHda ikki o‘quvchi va haydovchi halok bo‘lgandi. gazeta.uz »

2024-3-19 19:05

Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi va uni boshqarish funksiyasi Savdo-sanoat palatasiga berildi

Prezident qarori bilan Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tashkil etildi. Undagi va “O‘zbekekspertiza”dagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi Savdo-sanoat palatasiga berildi. gazeta.uz »

2024-3-15 08:43

O‘zbekistonda fevral oyida inflyatsiya 0,32 foizni tashkil etdi, yillik inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi

O‘zbekistonda fevral oyida so‘nggi sakkiz yildagi eng past - 0,3 foizlik inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi. Statistika agentligiga ko‘ra, deyarli barcha asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzolashdi, benzin o‘rtacha 1,1 foizga qimmatladi, maishiy texnika narxlari oshdi. gazeta.uz »

2024-3-2 13:45

Президент мактаблари битирувчилари учун битирув кечаси ташкил этилди — фото

Президент мактаблари битирувчилари учун “Янги Ўзбекистон ёшлари” номли тантанали битирув кечаси ташкил этилди. ru.sputniknews-uz.com »

2023-6-22 08:08

Ўзбекистонда фаолият кўрсатмаётган корхоналар улуши 27 фоизни ташкил этди

Ўзбекистонда фаолият кўрсатмаётган корхона ва ташкилотларнинг умумий корхоналар сонидаги улуши 27 фоизни ташкил этди. Рўйхатдан ўтган кичик тадбиркорлик субъектларининг эса 30 фоизи ишламаяпти. 2022 йилда бу кўрсаткичлар мос равишда 6 ва 7 фоизни ташкил этган. gazeta.uz »

2023-6-21 14:00