Angrendagi ko‘mir koni negizida quvvati 1,4 GVt bo‘lgan IES quriladi
Prezidentga Angrendagi “Nishbosh” ko‘mir konini o‘zlashtirish loyihasi taqdim etildi. Konning zaxiralari 233 mln tonnaga, yillik qazib olish quvvati esa 10 mln tonnaga baholanmoqda. Shuningdek, kon negizida 1,4 GVtlik issiqlik elektr stansiyasini qurish taklif qilindi.














