Amir Temur xiyoboniga olib kiruvchi “zebra”lar piyodalarga qaytarildi. Gazeta reportaji
Amir Temur xiyoboniga kirish uchun to‘rt tomondan svetoforli yerusti o‘tish yo‘llari ochildi. Endilikda xiyobonga Sayilgoh (“Brodvey”), Mustaqillik, Istiqlol va Amir Temur ko‘chalaridan svetoforli piyodalar o‘tish yo‘llari orqali kirib borish mumkin. Gazeta muxbiri xiyobon atrofidan reportaj tayyorladi.




