Toshkent-Samarqand pulli yo‘li qurilishi iyul oyida boshlanadi, tenderda Xitoy kompaniyasi g‘olib bo‘ldi
Toshkent-Samarqand pulli yo‘li loyihasi bo‘yicha tenderda Xitoy qurilish kompaniyasi g‘olib chiqdi, dedi Ilhom Mahkamov. Trassaning qiymati 2,185 mlrd dollarga baholanmoqda, qurilishni iyul oyida boshlash rejalashtirilgan.














